O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi

      O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi.

       Shunga ko‘ra:

10-aprel, chorshanba — Ramazon hayiti kuni;

11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;

14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

       Qo‘shimcha dam olish kunlari 2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilangan.

        Unga ko‘ra, 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.
                                                                                                     Manba: Daryo.uz Matbuot xizmati.


13-04-2024, 15:40
Ko'rishlar: 55
Sahifani chop etish